SUGʻURTA BOZORI INFRATUZILMASINI RIVOJLANTIRISH YOʻLLARI

Mualliflar

  • Lola Toshnazarova Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti mustaqil tadqiqotchisi

DOI:

https://doi.org/10.55439/INS/vol1_iss1/16

Annotatsiya

Koʻpgina sohalarda boʻlgani kabi, sugʻurta sohasida ham infratuzilma muhim rol oʻynaydi. Infratuzilmaning rivojlanishi sugʻurtalanuvchilar uchun qoʻshimcha shart-sharoitlar yaratib beradi va bu oʻz oʻrnida sugʻurtalanuvchilar sonining koʻpayishiga olib keladi. Ushbu maqolada shu masalada fikr yuritilgan boʻlib, muallifning fikriga koʻra, Oʻzbekiston sugʻurta bozorida infratuzilma subyektlari faoliyati talab darajasida emas va bu sugʻurta bozorining  rivojlanishiga imkoniyat yaratib bermayapti. Shu maqsadda sugʻurta agentlari faoliyatini takomillashtirish va assistans faoliyatini rivojlantirish boʻyicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan. Shu bilan birga, milliy qayta sugʻurta bozorini rivojlantirish imkonini beruvchi maxsus oʻzaro qayta sugʻurta jamiyatini tashkil etish masalasida fikrlar berilgan.

Kalit soʻzlar

Sugʻurta, infratuzilma, sugʻurta bozori infratuzilmasi, sugʻurta agentlari, assistans, oʻzaro sugʻurta, qayta sugʻurta, qayta sugʻurtaga ixtisoslashgan oʻzaro sugʻurta.

Yuklab olishlar

Nashr etilgan

2023-05-03

Iqtibos keltirish

Toshnazarova, L. (2023). SUGʻURTA BOZORI INFRATUZILMASINI RIVOJLANTIRISH YOʻLLARI. O’zbekiston sug’urta Bozori, 1(1), 48–51. https://doi.org/10.55439/INS/vol1_iss1/16

DOI

Sahifalar

48-51

Iqtibos

Google Scholarda ochish
Son 1 № 1 (2023): O'zbekiston sug'urta bozori 2023-yil yanvar-fevral