Insurance market of Uzbekistan https://insurance.tsue.uz/index.php/journal ru-RU xayrulla106@gmail.com (KHAYRULLA UROZBOEV) xayrulla106@gmail.com (Khayrulla) Tue, 07 Jul 2026 11:34:14 +0000 OJS 3.2.1.4 http://blogs.law.harvard.edu/tech/rss 60 SANOAT KORXONALARIDA MAHSULOT SIFATINI BOSHQARISH SAMARADORLIGINI BAHOLASHNING USLUBIY ASOSLARINI TAKOMILLASHTIRISH https://insurance.tsue.uz/index.php/journal/article/view/483
Maqolada sanoat korxonalarida  mahsulot sifatini boshqarish samaradorligini baholashning uslubiy yondashuvlari tahlil qilingan. O‘tkazilgan tahlillar natijasida Jizzax viloyati yetakchi sanoat korxonalari kesimida mahsulot sifatini boshqarish samaradorligi boʻyicha kompleks integral baholash uslubiyoti ishlab chiqildi hamda ishlab chiqilgan baholash uslubiyotini amaliyotda qoʻllash bosqichlari keltirildi. Umuman olganda, kompleks baholash natijalari Jizzax viloyati sanoat korxonalarida mahsulot sifatini boshqarish samaradorligi turlicha darajada ekanligini koʻrsatdi. Integral indeksning yuqori boʻlishi asosan xalqaro standartlarning joriy etilganligi, texnologik modernizatsiya darajasi, eksport salohiyati, ishlab chiqarish jarayonlarini raqamlashtirish va innovatsion faollik bilan bevosita bogʻliqligi aniqlandi.
Baytanov O‘ralboy Miraqul o‘g‘li Copyright (c) 2026 Baytanov O‘ralboy Miraqul o‘g‘li https://creativecommons.org/licenses/by/4.0 https://insurance.tsue.uz/index.php/journal/article/view/483 Tue, 07 Jul 2026 00:00:00 +0000 QURILISH MATERIALLARI SANOATI KORXONALARINING IQTISODIY SALOHIYATIDAN SAMARALI FOYDALANISHNI TAKOMILLASHTIRISH YO‘NALISHLARI https://insurance.tsue.uz/index.php/journal/article/view/496
Mazkur maqolada qurilish materiallari sanoati korxonalarining iqtisodiy salohiyatidan samarali foydalanishning nazariy va amaliy jihatlari tadqiq etilgan. Iqtisodiy salohiyatning mazmun-mohiyati, tarkibiy elementlari hamda uni baholashga oid ilmiy yondashuvlar tizimli ravishda tahlil qilingan. Shuningdek, Surxondaryo viloyatida faoliyat yuritayotgan qurilish materiallari sanoati korxonalarining iqtisodiy salohiyatidan foydalanish holati texnologik, moliyaviy, mehnat, boshqaruv va innovatsion salohiyat ko‘rsatkichlari asosida baholangan.
Bakhodir Khoshbakov Copyright (c) 2026 Bakhodir Khoshbakov https://creativecommons.org/licenses/by/4.0 https://insurance.tsue.uz/index.php/journal/article/view/496 Tue, 07 Jul 2026 00:00:00 +0000 QOʻSHILGAN QIYMAT SOLIGʻNING XORIJ TAJRIBASI VA UNI OʻZBEKISTONDA QOʻLLASH ISTIQBOLLARI https://insurance.tsue.uz/index.php/journal/article/view/484
Huqumatlar yildan-yilga elektronlashib bormoqda. Deyarli, barcha davlat idoralari jumladan soliq tizimi oʻzlarining rasmiy veb-sayt va avtomatlashtirilgan tizimlariga ega. Raqamlashtirish soliq organlariga elektron hisobotlar toʻldirishni soliq toʻlovchilarga taklif etish, elektron xizmatlar koʻrsatish va soliq toʻlovchilarning bojxona va xoʻjalik faoliyati yuzasidan nazoratni olib borish imkoniyatini taqdim etadi.
Bobomurodov Abdurasul Copyright (c) 2026 Bobomurodov Abdurasul https://creativecommons.org/licenses/by/4.0 https://insurance.tsue.uz/index.php/journal/article/view/484 Tue, 07 Jul 2026 00:00:00 +0000 KICHIK TADBIRKORLIK SUBYEKTLARINI YASHIL IQTISODIYOT TAMOYILLARI ASOSIDA BARQAROR RIVOJLANTIRISH https://insurance.tsue.uz/index.php/journal/article/view/486
Mazkur maqolada kichik tadbirkorlik subyektlarini yashil iqtisodiyot tamoyillari asosida barqaror rivojlantirishning nazariy va amaliy jihatlari tadqiq etilgan. Yashil iqtisodiyotning mazmun-mohiyati, uning kichik biznes faoliyatidagi o‘rni hamda ekologik barqarorlikni ta’minlashdagi ahamiyati tahlil qilingan. Shuningdek, energiya samaradorligi, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish, chiqindilarni boshqarish va ekologik innovatsiyalarni joriy etish orqali kichik tadbirkorlik subyektlarining raqobatbardoshligini oshirish imkoniyatlari o‘rganilgan. Tadqiqot natijasida yashil iqtisodiyot tamoyillarini kichik biznes faoliyatiga integratsiya qilish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Ruziyev Oybek Abdimuminovich, Karimov Erkin Yusubovich Copyright (c) 2026 Ruziyev Oybek Abdimuminovich, Karimov Erkin Yusubovich https://creativecommons.org/licenses/by/4.0 https://insurance.tsue.uz/index.php/journal/article/view/486 Tue, 07 Jul 2026 00:00:00 +0000 KICHIK BIZNESNI MOLIYAVIY RESURSLARI VA SAMARADORLIGINI OSHIRIGA TAʼSIR EʼTUVCHI OMILLARI https://insurance.tsue.uz/index.php/journal/article/view/487
Maqolada kichik biznesni moliyaviy resurslari mahiyati va ahamiyati oʻrganilgan. Shuningdek,  kichik biznesni moliyaviy resurslarini  samaradorligini oshiriga taʼsir eʼtuvchi omillari tavsifi va ularning mohiyati yoritilgan. Tadqiqot natijasi boʻyicha kichik biznes moliyaviy samarodorligiga bevosita taʼsir koʻrsatadigan omillar  va biznesni tartibga solishda ushbu omillarni taʼsiri boʻyicha ilmiy xulosalar olingan.
Ketmanov Avazbek Malikovich Copyright (c) 2026 Ketmanov Avazbek Malikovich https://creativecommons.org/licenses/by/4.0 https://insurance.tsue.uz/index.php/journal/article/view/487 Tue, 07 Jul 2026 00:00:00 +0000 ELЕKTR ENЕRGIYASINI SOTISHDA YO‘QOTISHLARNI QOPLASH BO‘YICHA HISOB-KITOBLAR https://insurance.tsue.uz/index.php/journal/article/view/488
Mazkur ilmiy maqolada elektr energiyasini sotishda yuzaga keladigan yo‘qotishlarni buxgalteriya hisobida aks ettirish amaliyoti tadqiq etilgan. Me’yordan ortiqcha aniqlangan va aybdor shaxslar hisobiga qoplanishi lozim bo‘lgan yo‘qotishlarning amaldagi hisob tartibida boshqa xarajatlar bilan birga umumlashtirilib ko‘rsatilishi muammo sifatida asoslangan. Tadqiqot natijasida Hisoblar rejasidagi 4890 "Boshqa debitorlar qarzlari" schotiga 4891 "Qoplanadigan yo‘qotishlar bo‘yicha hisob-kitoblar" subschotini kiritish taklif etilgan, uning yordamida qoplanadigan yo‘qotishlarni xarajatlardan ajratgan holda debitor qarz sifatida kuzatish mumkinligi asoslangan.
Nurniyozov Feruz Abdurashid o‘g‘li Copyright (c) 2026 Nurniyozov Feruz Abdurashid o‘g‘li https://creativecommons.org/licenses/by/4.0 https://insurance.tsue.uz/index.php/journal/article/view/488 Tue, 07 Jul 2026 00:00:00 +0000 RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR ORQALI YASHIRIN IQTISODIYOTNI QISQARTIRISH VA SOLIQ INTIZOMINI MUSTAHKAMLASH https://insurance.tsue.uz/index.php/journal/article/view/493
Ushbu maqolada yashirin iqtisodiyotning makroiqtisodiy barqarorlikka salbiy ta'siri tahlil qilinadi va uni qisqartirishda raqamli texnologiyalarning (elektron hisob-fakturalar, virtual kassalar, katta ma'lumotlar va sun'iy intellekt) hal qiluvchi roli ochib beriladi. O'zbekiston va jahonning yetakchi davlatlari (Janubiy Koreya, Estoniya, Hindiston va boshqalar) tajribasi asosida soliq ma'muriyatchiligini raqamlashtirishning iqtisodiy samaradorligi statistik ma'lumotlar bilan isbotlangan. Maqolada soliq bo'shlig'ini (Tax Gap) qisqartirish mexanizmlari, yuzaga kelayotgan kiberxavfsizlik va raqamli savodsizlik kabi to'siqlar, hamda kelajakdagi strategik yechimlar (RegTech, ochiq API, xalqaro CRS integratsiyasi) atroflicha yoritilgan.
Sanakulova Iroda Abrorovna Copyright (c) 2026 Sanakulova Iroda Abrorovna https://creativecommons.org/licenses/by/4.0 https://insurance.tsue.uz/index.php/journal/article/view/493 Tue, 07 Jul 2026 00:00:00 +0000 DAVLAT XARIDLARINING IQTISODIY MAZMUNI VA MAMLAKAT MOLIYA TIZIMIDAGI OʻRNI: NAZARIY YONDASHUVLAR https://insurance.tsue.uz/index.php/journal/article/view/489
Maqolada davlat xaridlarining iqtisodiy mazmuni jamoat moliyasi, transaksion xarajatlar, ragʻbatlantirish va auksionlar nazariyalari nuqtayi nazaridan tizimli tahlil qilingan. Davlat xaridlariga oid nazariy yondashuvlar qiyosiy jihatdan umumlashtirilib, ularning moliya tizimidagi oʻrni byudjet xarajatlarini ijro etish mexanizmi sifatida asoslangan. Davlat xaridlari funksiyalari (allokatsion, ragʻbatlantiruvchi, tartibga soluvchi, ijtimoiy, innovatsion) tizimlashtirilgan hamda tushunchaga moliyaviy munosabatlar nuqtayi nazaridan mualliflik taʼrifi taklif etilgan.
Xamdamov Sardor Farmon oʻgʻli Copyright (c) 2026 Xamdamov Sardor Farmon oʻgʻli https://creativecommons.org/licenses/by/4.0 https://insurance.tsue.uz/index.php/journal/article/view/489 Tue, 07 Jul 2026 00:00:00 +0000 MAVSUMIY ISHLAB CHIQARISH SHAROITIDA KORXONA MOLIYAVIY BARQARORLIGINI TAʼMINLASHNING NAZARIY ASOSLARI https://insurance.tsue.uz/index.php/journal/article/view/490
Maqolada mavsumiy mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korxonalarda moliyaviy barqarorlikni taʼminlashning nazariy asoslari tadqiq etilgan. Moliyaviy barqarorlik tushunchasiga oid klassik va zamonaviy ilmiy yondashuvlar tanqidiy tahlil qilinib, mavsumiylik omilining korxona moliyaviy holatiga taʼsir kanallari tizimlashtirilgan. Anʼanaviy moliyaviy tahlil koʻrsatkichlarining mavsumiy ishlab chiqarish sharoitidagi cheklovlari asoslangan hamda moliyaviy barqarorlikni baholashda “mavsumiy moliyaviy sikl” tushunchasini qoʻllash taklif etilgan. Tadqiqot natijalari mavsumiy tarmoqlar korxonalarida moliyaviy menejmentni tashkil etish va barqarorlikni baholash metodikalarini takomillashtirishda foydalanilishi mumkin.
Kilichev Alisher Akramovich Copyright (c) 2026 Kilichev Alisher Akramovich https://creativecommons.org/licenses/by/4.0 https://insurance.tsue.uz/index.php/journal/article/view/490 Tue, 07 Jul 2026 00:00:00 +0000 RAQAMLI TO‘LOV TIZIMLARINING RIVOJLANISHI VA ULARNING AFZALLIKLARI https://insurance.tsue.uz/index.php/journal/article/view/495
Mazkur maqolada raqamli to‘lov tizimlarining rivojlanish tendensiyalari, ularning asosiy turlari va afzalliklari nazariy-tavsifiy tahlil asosida yoritilgan. Xorijiy va mahalliy tadqiqotchilarning ishlariga tayangan holda raqamli to‘lov tizimlarining an’anaviy to‘lov usullaridan farqlari, ularning iqtisodiy va ijtimoiy afzalliklari, shuningdek amaliyotda uchraydigan asosiy muammo va cheklovlar tahlil qilingan.
Jumaniyazov Rashid Azamatovich Copyright (c) 2026 Jumaniyazov Rashid Azamatovich https://creativecommons.org/licenses/by/4.0 https://insurance.tsue.uz/index.php/journal/article/view/495 Tue, 07 Jul 2026 00:00:00 +0000 XUSUSIY TIBBIYOT TASHKILOTLARIDA XARAJATLAR HISOBINI TAKOMILLASHTIRISH https://insurance.tsue.uz/index.php/journal/article/view/491
Mazkur maqolada xususiy tibbiyot tashkilotlarida xarajatlar buxgalteriya hisobini takomillashtirishning nazariy va amaliy jihatlari tadqiq etilgan. Tibbiy xizmatlar ko‘rsatish jarayonida yuzaga keladigan xarajatlarni to‘g‘ri tasniflash, hisobga olish va nazorat qilish mexanizmlari tahlil qilingan. Shuningdek, xalqaro moliyaviy hisobot standartlari hamda raqamli texnologiyalarni joriy etish asosida xarajatlar hisobini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Primkulova Zilola Abrorovna Copyright (c) 2026 Primkulova Zilola Abrorovna https://creativecommons.org/licenses/by/4.0 https://insurance.tsue.uz/index.php/journal/article/view/491 Tue, 07 Jul 2026 00:00:00 +0000 TIBBIY XIZMATLAR BUXGALTЕRIYA HISOBINI TAKOMILLASHTIRISH https://insurance.tsue.uz/index.php/journal/article/view/492
Mazkur maqolada tibbiy xizmatlar buxgalteriya hisobini takomillashtirishning nazariy va amaliy jihatlari tadqiq etilgan. Tibbiy xizmatlar ko‘rsatish jarayonida xarajatlar va daromadlarni to‘g‘ri e’tirof etish, ularni hisobga olish hamda moliyaviy hisobotlarda ishonchli aks ettirish masalalari tahlil qilingan. Shuningdek, sog‘liqni saqlash tizimida raqamli texnologiyalarni joriy etish, xalqaro moliyaviy hisobot standartlari talablari asosida buxgalteriya hisobini takomillashtirish hamda boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun zarur bo‘lgan axborot sifatini oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Shamsikulova Moxina bonu Furkatovna Copyright (c) 2026 Shamsikulova Moxina bonu Furkatovna https://creativecommons.org/licenses/by/4.0 https://insurance.tsue.uz/index.php/journal/article/view/492 Tue, 07 Jul 2026 00:00:00 +0000 TADBIRKORLIK SUB’EKTLARINING IQTISODIY XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH MEXANIZMI https://insurance.tsue.uz/index.php/journal/article/view/494
Мaqolada klasterli yondashuv asosida maqsad va strategiya vazifalariga mos keluvchi moslashuvchan infratuzilmani shakllantirishga qaratilgan bo‘lib, innovatsion yondashuvlar asosida tadbirkorlik faolligini oshirish orqali ularning raqobatbardoshligi va iqtisodiy xavfsizligi ta’minlanadi.
Dadaev Kuvanish Мashrapovich Copyright (c) 2026 Dadaev Kuvanish Мashrapovich https://creativecommons.org/licenses/by/4.0 https://insurance.tsue.uz/index.php/journal/article/view/494 Tue, 07 Jul 2026 00:00:00 +0000