https://insurance.tsue.uz/index.php/journal/issue/feedInsurance market of Uzbekistan2026-09-03T07:17:59+00:00KHAYRULLA UROZBOEVxayrulla106@gmail.comOpen Journal Systemshttps://insurance.tsue.uz/index.php/journal/article/view/509HUDUDIY INFRATUZILMANI RIVOJLANTIRISH BOʻYICHA XALQARO “YASHIL” STANDARTLAR TIZIMI2026-08-24T07:28:29+00:00Salomov Abdusalom Ismatovichkungratovilmurod08@gmail.com
Maqolada hududiy infratuzilmani barqaror rivojlantirish boʻyicha xalqaro “yashil” standartlar tizimining shakllanishi, funksional tarkibi va oʻzaro bogʻliqligi tadqiq etilgan. ISO 37101, ISO 37120, ISO 37122, ISO 37123, ISO 37124, ISO 37125, ISO 37151 va ISO 37153 standartlarining hududiy boshqaruv, infratuzilma xizmatlari, aqlli shahar, iqlimga chidamlilik, ESG va samaradorlik monitoringidagi oʻrni tizimlashtirilgan. Xalqaro standartlarni «boshqaruv – indikator – aqllilik – chidamlilik – ESG – infratuzilma samaradorligi» zanjirida integratsiyalash asosida hududiy infratuzilmani baholashning kompleks yondashuvi taklif etilgan.
2026-08-08T00:00:00+00:00Copyright (c) 2026 Salomov Abdusalom Ismatovichhttps://insurance.tsue.uz/index.php/journal/article/view/521O‘ZBEKISTON TIJORAT BANKLARINING ISLOMIY “DARCHA” OCHISHGA TAYYORLIGINI BAHOLASH: 100 BALLIK INTEGRALLASHGAN INDEKS METODIKASI2026-09-03T07:17:59+00:00Kuldashev Jahongir Kamariddinovichkungratovilmurod08@gmail.com
Maqolada O‘zbekiston tijorat banklarining islomiy “darcha” ochishga institutsional va operatsion tayyorligini baholash uchun 100 ballik integrallashgan indeks metodikasi taklif etiladi. Metodika 2026-yilda shakllangan milliy huquqiy talablar, Islomiy moliyaviy xizmatlar kengashi (IFSB), Islomiy moliya institutlari uchun buxgalteriya hisobi va audit tashkiloti (AAOIFI) hamda xorijiy nazorat amaliyotining qiyosiy kontent-tahliliga asoslangan. Indeks yettita blokni qamrab oladi: korporativ qaror va litsenziyalash, shariat boshqaruvi, alohida hisob va axborot tizimlari, mahsulotlar va biznes-reja, risklarni boshqarish, kadrlar salohiyati, mijozlarni himoya qilish. Umumiy ball yuqori bo‘lsa ham majburiy litsenziya talablaridan biri bajarilmagan holatda bankni “ishga tushirishga tayyor” deb baholashga yo‘l qo‘ymaydigan kritik mezonlar qoidasi ishlab chiqildi. Taklif etilgan indeks banklarga litsenziya arizasidan oldin bo‘shliqlarni aniqlash, ustuvor xarajatlarni rejalashtirish va tayyorgarlik dinamikasini kuzatish imkonini beradi.
2026-08-08T00:00:00+00:00Copyright (c) 2026 Kuldashev Jahongir Kamariddinovichhttps://insurance.tsue.uz/index.php/journal/article/view/520O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI TOVARLAR EKSPORTI TARKIBINING IQTISODIY VA TEXNOLOGIK TASNIFLAGICHLAR ASOSIDA STATISTIK TAHLILI2026-09-03T07:02:18+00:00Norkulov Shavkat Shakarbayevichkungratovilmurod08@gmail.com
Maqolada O'zbekiston Respublikasi tovarlar eksporti tarkibi ikki xalqaro tan olingan uslub Birlashgan Millatlar Tashkilotining Keng qamrovli iqtisodiy toifalari KQIT (BEC) va Oksford universiteti professori, S.Lall tomonidan ishlab chiqilgan texnologik intensivlik klassifikatsiyasi asosida tahlil qilingan. Tahlil natijalari eksport hajmining o'sishiga qaramay, uning tarkibiy sifatida tub o'zgarish yuz bermaganini ko'rsatadi. KQIT (BEC) tasnifi bo'yicha sanoat xom-ashyosi va yoqilg'i-moylash mahsulotlari birgalikda eksportning yarmidan ko'pini, Lall tasnifi bo'yicha esa birlamchi va resursga asoslangan mahsulotlar eksportning 50 foizdan ortig'ini tashkil etadi. Ikki metodologiyaning o'zaro mustaqil, ammo bir-birini to'ldiruvchi xulosalari mamlakat eksport siyosatida qayta ishlash sanoatini chuqurlashtirish zarurligini asoslaydi.
2026-08-08T00:00:00+00:00Copyright (c) 2026 Norkulov Shavkat Shakarbayevichhttps://insurance.tsue.uz/index.php/journal/article/view/519RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA BANK FAOLIYATI TRANSFORMATSIYASI VA INSON RESURSLARI SALOHIYATINI RIVOJLANTIRISH2026-08-25T12:52:27+00:00Salamov Islom Tashqazaqovichkungratovilmurod08@gmail.com
Mazkur maqolada raqamli iqtisodiyot sharoitida tijorat banklari faoliyatini transformatsiya qilishning nazariy-metodologik asoslari, institutsional omillari hamda inson resurslari salohiyatini rivojlantirish bilan bog‘liq jihatlari tizimli ravishda tahlil qilingan. Bank sektorida raqamli texnologiyalarni joriy etish xizmat ko‘rsatish kanallarini o‘zgartirish bilan birga boshqaruv tizimi, biznes jarayonlari, risk-menejment, mijozlar bilan ishlash mexanizmlari va xodimlarning kasbiy kompetensiyalariga ham bevosita ta’sir ko‘rsatishi asoslangan. Tadqiqotda “Raqamli O‘zbekiston — 2030” strategiyasi va 2020–2025-yillarga mo‘ljallangan bank tizimini isloh qilish strategiyasi doirasidagi ustuvor yo‘nalishlar tahlil qilinib, bank transformatsiyasining texnologik, tashkiliy va inson kapitaliga oid tarkibiy qismlari o‘zaro bog‘liqlikda ko‘rib chiqilgan. Markaziy bank ma’lumotlari asosida masofaviy bank xizmatlaridan foydalanish ko‘lami ham tahlil qilingan. Natijalar bank transformatsiyasi samaradorligi texnologik yangilanish, inson kapitali, institutsional boshqaruv, kiberxavfsizlik va mijozga yo‘naltirilgan boshqaruv o‘rtasidagi muvozanatga bog‘liqligini ko‘rsatadi.
2026-08-08T00:00:00+00:00Copyright (c) 2026 Salamov Islom Tashqazaqovichhttps://insurance.tsue.uz/index.php/journal/article/view/518O‘ZBEKISTONDA RAQAMLI TO‘LOV TIZIMLARI FAOLIYATINI TARTIBGA SOLISHNING INSTITUTSIONAL MEXANIZMLARINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI2026-08-24T11:47:20+00:00Vaxabov Bobur Alisherovichkungratovilmurod08@gmail.com
O‘zbekiston moliya bozorida raqamli to‘lovlar ulushi va texnologik xilma-xillikning tez sur’atlarda kengayishi to‘lov ekotizimini tartibga solishning an’anaviy, faqat litsenziyalashga tayangan modelidan ko‘ra kompleks institutsional yondashuvni talab etmoqda. Mazkur maqolada raqamli to‘lov tizimlari faoliyatini tartibga solishning huquqiy, tashkiliy, texnologik va risk-boshqaruv komponentlari yagona mexanizm sifatida tadqiq qilinadi. Tadqiqotda institutsional tahlil, qiyosiy tahlil, normativ-huquqiy kontent-tahlil, indikatorli baholash hamda ssenariy modellashtirish usullaridan foydalanildi. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2024–2025-yillardagi ochiq statistikasi asosida to‘lov tashkilotlari, tezkor to‘lovlar, masofaviy bank xizmatlari va raqamli identifikatsiya yo‘nalishlaridagi o‘zgarishlar baholandi. Natijalar tartibga solish samaradorligining asosiy cheklovi texnologik bo‘shliqdan ko‘ra, institutlararo vakolatlarning parchalanishi, standartlarning bir xil qo‘llanilmasligi va ma’lumot almashinuvi mexanizmlarining yetarli darajada integratsiyalanmaganligida ekanini ko‘rsatadi. Muallif tomonidan taklif etilgan institutsional model riskka asoslangan nazorat, ochiq standartlar, interoperabellik, iste’molchi huquqlari va kiberbarqarorlikni birlashtiradi. Model 2027–2030-yillar uchun bosqichma-bosqich joriy etish ssenariylarini asoslash imkonini beradi.
2026-08-08T00:00:00+00:00Copyright (c) 2026 Vaxabov Bobur Alisherovichhttps://insurance.tsue.uz/index.php/journal/article/view/517O‘ZBEKISTONDA ILMIY ISHLANMALARNI TIJORATLASHTIRISH TIZIMINING RIVOJLANISH TENDENSIYALARI VA NATIJADORLIK MUAMMOLARI2026-08-24T11:44:39+00:00Ergashev Rustam Rajabovichkungratovilmurod08@gmail.com
Maqolada O‘zbekistonda ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish tizimining 2020–2025-yillardagi rivojlanish tendensiyalari rasmiy statistika va ma’muriy ma’lumotlar asosida tahlil qilingan. 2020–2024-yillarda ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari hajmi 992,0 mlrd so‘mdan 1 603,0 mlrd so‘mga, ilmiy-tadqiqot ishlari hajmi esa 663,2 mlrd so‘mdan 1 243,4 mlrd so‘mga oshgani aniqlangan. Innovatsion faoliyat xarajatlari esa bir tekis o‘sishdan ko‘ra yuqori o‘zgaruvchanlikni namoyon etib, 2022-yilda 19 130,6 mlrd so‘mga yetganidan keyin 2024-yilda 9 739,3 mlrd so‘mni tashkil etgan. O‘zbekistonning 2025-yilgi Global Innovation Index natijalarida umumiy 79-o‘rin, innovation inputs bo‘yicha 69-o‘rin va innovation outputs bo‘yicha 92-o‘rin qayd etilgan bo‘lib, resurs va natija reytinglari o‘rtasidagi 23 pog‘onalik farq tijoratlashtirish zanjirini chuqurroq diagnostika qilish zarurligini ko‘rsatadi. 2025-yil ma’muriy ma’lumotlarida 323 ta loyiha uchun 577,1 mlrd so‘m yo‘naltirilgani, 250 ta yangi ishlanma yaratilgani, 300 ta ishlanma tijoratlashtirilgani va 51,83 mlrd so‘mlik sotuv qayd etilgani tahlil qilingan. Mazkur ko‘rsatkichlardan oddiy nisbatlar orqali konversiya yoki investitsiya qaytimi hisoblash metodologik jihatdan to‘g‘ri emasligi asoslangan, chunki yangi va tijoratlashtirilgan ishlanmalar hamda moliyalashtirish va sotuv ko‘rsatkichlarining aynan bir xil kohortga tegishliligi mavjud agregat ma’lumotlardan aniqlanmaydi. Natijada tijoratlashtirish siyosatini baholashda resurs va faoliyat hajmidan natija zanjiri, kohortlararo bog‘lanish va tekshiriladigan bozor natijalariga o‘tish zarurligi asoslangan.
2026-08-08T00:00:00+00:00Copyright (c) 2026 Ergashev Rustam Rajabovichhttps://insurance.tsue.uz/index.php/journal/article/view/516TIJORAT BANKLARIDA MUAMMOLI KREDITLARNI ERTA ANIQLASH VA MONITORING QILISH MEXANIZMLARINI TAKOMILLASHTIRISH2026-08-24T11:39:20+00:00Djamalov Gʻofir Oribjanovichkungratovilmurod08@gmail.com
Ushbu maqolada tijorat banklarida muammoli kreditlarni erta aniqlash va monitoring qilish mexanizmlarini takomillashtirish masalalari tadqiq etilgan. Tadqiqotning dolzarbligi O'zbekiston bank tizimida kredit portfeli hajmining tez sur'atlarda o'sib borayotganligi, ammo amaldagi tartibga soluvchi baholash mezonlarining kredit tavakkalchiligining haqiqiy darajasini to'liq aks ettirmasligi bilan izohlanadi. Maqolaning maqsadi muammoli kreditlarni aniqlashning amaldagi tartibga solish va institutsional mexanizmlarini tahlil qilish, ularning kamchiliklarini aniqlash hamda ko'p bosqichli erta ogohlantirish tizimini takomillashtirish bo'yicha ilmiy asoslangan takliflar ishlab chiqishdan iborat. Tadqiqotda normativ-huquqiy tahlil, statistik-iqtisodiy tahlil, qiyosiy tahlil va SWOT-tahlil elementlaridan foydalanilgan. Tahlil natijalari shuni ko'rsatdiki, 2025-yil boshiga rasmiy tartibga solish ma'lumotlariga ko'ra muammoli kreditlar ulushi taxminan 4 foizni tashkil etgan bo'lsa-da, xalqaro moliyaviy hisobot standartlari (IFRS 9) asosidagi baholashda bu ko'rsatkich 10 foizga yaqin, nazorat toifasidagi (substandart) kreditlar ulushi esa 16,5 foizga yetgan. Bu farq amaldagi monitoring tizimining muammoli kreditlarni yetarlicha erta aniqlay olmasligidan dalolat beradi. Maqolada uch bosqichli (mikroprudensial, makroprudensial va institutsional) erta ogohlantirish indikatorlari tizimini joriy etish, IFRS 9 asosidagi kutilayotgan kredit yo'qotishlari modelini nazorat hisobotlari bilan chuqurroq uyg'unlashtirish hamda banklararo kredit ma'lumotlari almashinuvi tizimini takomillashtirish bo'yicha takliflar ishlab chiqilgan. Natijalar O'zbekiston bank tizimining barqarorligini mustahkamlashda va Markaziy bankning prudensial nazorat siyosatini takomillashtirishda amaliy ahamiyatga ega.
2026-08-08T00:00:00+00:00Copyright (c) 2026 Djamalov Gʻofir Oribjanovichhttps://insurance.tsue.uz/index.php/journal/article/view/515ILMIY ISHLANMALARNI TIJORATLASHTIRISHNI BOSHQARISHNING NAZARIY-METODOLOGIK YONDASHUVLARINI TAKOMILLASHTIRISH2026-08-24T11:36:47+00:00Ergashev Rustam Rajabovichkungratovilmurod08@gmail.com
Maqolada ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirishni boshqarishning nazariy-metodologik asoslari tizimlashtirilgan hamda “ilmiy natija”, “ilmiy ishlanma”, “texnologiyalar transferi”, “joriy etish”, “innovatsiya” va “tijoratlashtirish” kategoriyalarining iqtisodiy mazmuni va o‘zaro chegaralari aniqlashtirilgan. Ilmiy natijani yaratish, uni amaliy yechimga aylantirish va bozorda iqtisodiy qiymat yaratish bir-biriga bog‘liq, biroq mazmunan farqlanuvchi jarayonlar ekanligi asoslangan. Tijoratlashtirishning asosiy farqlovchi belgisi sifatida mustaqil iqtisodiy subyektning mavjudligi, huquqiy yoki iqtisodiy bitim, tekshiriladigan to‘lov hamda qiymat yaratishning takrorlanish imkoniyati ajratilgan. Institutsional yondashuv, resurslarga asoslangan nazariya, dinamik qobiliyatlar, ochiq innovatsiyalar, Triple Helix, innovatsiyalar diffuziyasi va bosqichli boshqaruv konsepsiyalarining tijoratlashtirish jarayonidagi funksional o‘rni tahlil qilingan. Tadqiqot natijasida ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirishni boshqarish tushunchasi ishlanmaning texnik, huquqiy va bozor tayyorligini oshirish, tranzaksion xavflarni kamaytirish hamda ilmiy bilimdan takrorlanuvchi iqtisodiy va ijtimoiy qiymat yaratishga yo‘naltirilgan qarorlar, resurslar, huquqlar, rag‘batlar va qaytuvchi aloqalarning o‘zaro bog‘langan tizimi sifatida takomillashtirilgan. Shuningdek, tijoratlashtirish boshqaruvi institutsional-huquqiy, tashkiliy-muvofiqlashtiruvchi, moliyaviy-iqtisodiy, bozor va talab, infratuzilmaviy, motivatsion hamda raqamli-axborot funksional bloklarining o‘zaro to‘ldiruvchanligiga asoslanishi taklif etilgan.
2026-08-08T00:00:00+00:00Copyright (c) 2026 Ergashev Rustam Rajabovichhttps://insurance.tsue.uz/index.php/journal/article/view/514AHOLI DAROMADLARINI OSHIRISHDA KICHIK BIZNESNING IQTISODIY SAMARADORLIGI2026-08-24T11:34:03+00:00Qurbanov Ulug‘bek Erkinovich kungratovilmurod08@gmail.com
Mazkur maqolada aholi daromadlarini oshirishda kichik biznesning iqtisodiy samaradorligi hamda uning mamlakatning barqaror iqtisodiy rivojlanishidagi o‘rni ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqotning asosiy maqsadi kichik biznes subyektlari faoliyatining aholi bandligi, daromadlari va turmush farovonligiga ta’sirini baholash, shuningdek, ushbu sohani rivojlantirish orqali daromadlar o‘sishini ta’minlovchi omillarni aniqlashdan iborat. Tadqiqot jarayonida iqtisodiy va qiyosiy tahlil, statistik tahlil, tizimli yondashuv, induksiya va deduksiya usullaridan foydalanildi. Tahlillar O‘zbekiston Respublikasida kichik biznesni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar, amaldagi me’yoriy-huquqiy hujjatlar hamda rasmiy statistik ma’lumotlar asosida olib borildi.
2026-08-08T00:00:00+00:00Copyright (c) 2026 Qurbanov Ulug‘bek Erkinovich https://insurance.tsue.uz/index.php/journal/article/view/513OLIY TAʼLIM MUASSASALARI MOLIYAVIY MUSTAQILLIGI SHAROITIDA FAOLIYAT SAMARADORLIGINI BAHOLASHNING INTEGRAL YONDASHUVI2026-08-24T07:38:43+00:00Adizov Bobir Baxtiyorovichkungratovilmurod08@gmail.com
Maqolada moliyaviy va akademik mustaqillik sharoitida oliy taʼlim muassasalari faoliyati samaradorligini kompleks baholashning uslubiy asoslari tadqiq etilgan. Tadqiqotda universitet faoliyatini faqat moliyaviy natijalar orqali emas, balki taʼlim sifati, ilmiy-innovatsion faoliyat va xalqaro raqobatbardoshlik koʻrsatkichlarini ham qamrab olgan integral yondashuv asosida baholash taklif etilgan. Moliyaviy barqarorlik (MB), taʼlim sifati (TS), ilmiy-innovatsion faoliyat (IIF) va xalqaro raqobatbardoshlik (XR)dan iborat toʻrtta mezon normallashtirilib, vaznli yigʻindisi orqali Integral samaradorlik indeksi (ISI) hisoblangan. Buxoro davlat universitetining 2022–2025-yillar maʼlumotlari asosida ISI 2022-yilda 0,327, 2023-yilda 0,369, 2024-yilda 0,619 va 2025-yilda 0,658 boʻlgan. Natijalar 2022–2023-yillarda past, 2024–2025-yillarda yuqori samaradorlik darajasini koʻrsatadi. Tadqiqotda 2025-yilda ilmiy-innovatsion faoliyat va moliyaviy barqarorlikning oʻsishi umumiy indeksga ijobiy taʼsir qilgani, taʼlim sifatidagi pasayish esa asosiy muammoli yoʻnalishlardan biri boʻlib qolgani aniqlangan.
2026-08-08T00:00:00+00:00Copyright (c) 2026 Adizov Bobir Baxtiyorovichhttps://insurance.tsue.uz/index.php/journal/article/view/512STRATEGIK MOLIYAVIY HISOB TIZIMINI JORIY ETISH SAMARADORLIGINI BAHOLASH MEZONLARI, KO‘RSATKICHLARI VA USULLARI2026-08-24T07:36:25+00:00Umarova Shaxlo Abduvaliyevnakungratovilmurod08@gmail.com
Maqolada korxonada strategik moliyaviy hisob tizimini joriy etish samaradorligini baholash mezonlari, ko‘rsatkichlari va usullari tizimlashtirilgan. Tizimli, qiyosiy va kontent-tahlil asosida strategik muvofiqlik, axborot sifati, jarayon tejamkorligi, qarorlar sifati, moliyaviy-iqtisodiy ta’sir hamda risk va moslashuvchanlikni qamrab oluvchi olti blokli model ishlab chiqilgan. AQSh, Germaniya, Yaponiya, AICPA & CIMA, IFRS va CPA Australia tajribasi qiyoslangan. Natijada indikatorlar pasporti, usullar matriksasi va integral indeksni hisoblash algoritmi taklif etilgan.
2026-08-08T00:00:00+00:00Copyright (c) 2026 Umarova Shaxlo Abduvaliyevnahttps://insurance.tsue.uz/index.php/journal/article/view/511O‘ZBEKISTONDA HUDUDIY INVESTITSIYA SIYOSATINING IQTISODIY-INSTITUTSIONAL TAHLILI VA NATIJADORLIK MODELI (FARG‘ONA VILOYATI MISOLIDA)2026-08-24T07:33:04+00:00Xudayberganov Soxibnazar Kimyanazarovichkungratovilmurod08@gmail.com
Maqolada O‘zbekistonda hududiy investitsiya siyosatini baholashda investitsiya hajmi bilan bir qatorda uning hududiy iqtisodiy natijalarga aylanish jarayonini hisobga olish zarurati asoslanadi. Tadqiqot Farg‘ona viloyatining 2025-yilgi rasmiy statistik ko‘rsatkichlari, investitsiya faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar hamda OECD, Jahon banki va Xalqaro valyuta jamg‘armasi baholashlariga tayangan. Tahlilda statistik taqqoslash, institutsional tahlil, jarayonlarni xaritalash, RACI yondashuvi va strukturaviy keys-tahlildan foydalanildi. 2025-yilda Farg‘ona viloyatida asosiy kapitalga investitsiyalar 32,467 trln so‘mni tashkil etib, o‘sish sur’ati 145,2 foizga yetgan; xorijiy investitsiyalar va kreditlar ulushi 71,8 foiz, yangi qurilish ulushi esa 76,4 foizni tashkil qilgan. Shu davrda YAHM 8,1 foizga, sanoat ishlab chiqarishi 7,3 foizga, eksport 29,4 foizga o‘sgan. Ushbu ko‘rsatkichlar investitsiya siyosatini faqat jalb qilingan mablag‘ bilan emas, loyiha tayyorgarligi, idoralararo muvofiqlashtirish, ishga tushirish, bandlik, eksport va mahalliy qo‘shilgan qiymat natijalari bilan baholash lozimligini ko‘rsatadi. Shu asosda hududiy investitsiyalarni natijaga yo‘naltirib boshqarishning besh ustunli RIDF modeli taklif etiladi.
2026-08-08T00:00:00+00:00Copyright (c) 2026 Xudayberganov Soxibnazar Kimyanazarovichhttps://insurance.tsue.uz/index.php/journal/article/view/510MILLIY TURIZM XIZMATLARI BOZORIDA INVESTITSION FAOLLIKNI OSHIRISHGA QARATILGAN DAVLAT SUBSIDIYALASH TIZIMI SAMARADORLIGI2026-08-24T07:30:57+00:00Abdurazakov Shavkat Shokirdjanovichkungratovilmurod08@gmail.com
Ushbu maqolada milliy turizm xizmatlari bozorida investitsion jozibadorlikni oshirish va xususiy kapital oqimini faollashtirishda davlat subsidiyalash mexanizmlarining o‘rni hamda iqtisodiy samaradorligi tahlil qilingan. Sohada qo‘llanilayotgan asosiy moliyaviy instrumentlar – kredit foiz stavkalarini kompensatsiya qilish, infratuzilma xarajatlarini qoplash va yangi turizm obyektlarini barpo etishga ajratiladigan to‘g‘ridan-to‘g‘ri grantlarning amaliy natijadorligi baholangan. Tadqiqot davomida byudjet mablag‘laridan foydalanishdagi tizimli muammolar o‘rganilib, davlat subsidiyalarining investitsiya multiplikatori ta’sirini oshirish, moliyaviy resurslarni taqsimlashda shaffoflikni ta’minlash hamda subsidiyalash tizimini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-amaliy xulosalar shakllantirilgan.
2026-08-08T00:00:00+00:00Copyright (c) 2026 Abdurazakov Shavkat Shokirdjanovichhttps://insurance.tsue.uz/index.php/journal/article/view/497YASHIL IQTISODIYOTGA OʻTISH VA ATMOSFERAGA CHIQARILADIGAN CO₂ EMISSIYASI OʻRTASIDAGI BOGʻLIQLIK2026-08-12T19:52:50+00:00Xoshimov P.Z kungratovilmurod08@gmail.comEgamnazarova G.Sh kungratovilmurod08@gmail.com
Ushbu maqolaning asosiy maqsadi anʼanaviy iqtisodiyotni yashil iqtisodiyotga transformatsiya qilishning huquqiy asoslarini oʻrganish hamda ushbu jarayonga taʼsir etuvchi omillarni tahlil qilishdan iborat. Xususan, unda yashil iqtisodiyotga oʻtish va atmosferaga chiqariladigan zararli gazlar, jumladan CO₂ hamda boshqa issiqxona gazlari oʻrtasidagi oʻzaro bogʻliqlik aniqlangan va tahlil qilingan. Maqolaning metodologiyasi nazariy va qiyosiy tahlil oʻtkazish, shuningdek, ekonometrik regressiya modelini tuzishga asoslangan.
2026-08-08T00:00:00+00:00Copyright (c) 2026 Xoshimov P.Z , Egamnazarova G.Sh https://insurance.tsue.uz/index.php/journal/article/view/508TURAR-JOY KOʻCHMAS MULKINI GEDONIK MODELLASHTIRISHDA FUNKSIONAL SHAKL TANLOVI2026-08-23T15:36:00+00:00Xushvaqtov Jasur Shuhrat oʻgʻlikungratovilmurod08@gmail.com
Maqolada turar-joy koʻchmas mulkining gedonik narx modelida funksional shakl tanlovi masalasi Termiz shahri bozori maʼlumotida empirik tekshiriladi. Telegram guruhlari va OLX platformasidan yigʻilgan eʼlonlar takrorlardan tozalangandan soʻng tanlama 315 noyob kuzatuvni tashkil etdi. Chiziqli, yarim-logarifmik, log-logarifmik va Boks-Koks spetsifikatsiyalari yagona omillar toʻplamida baholanib, Ramsey RESET testi, diagnostik sinovlar va besh boʻgʻinli kross-validatsiya orqali qiyoslandi. Boks-Koks parametrining bahosi 0,57 ga teng chiqdi va uning 95 foizli ishonch oraligʻi (0,39–0,76) ham logarifmik, ham chiziqli shaklni statistik jihatdan rad etadi. Bu natija barcha spetsifikatsiya variantlarida va vaqt nazoratisiz ham saqlanadi. Shu bilan birga tanlamadan tashqari bashorat aniqligi boʻyicha toʻrt shakl amalda farqsiz boʻlib, oʻrtacha mutlaq foiz xatosi 25,6 foizdan 27,2 foizgacha oraliqda yotadi va soddalashtirilgan etalon modeldan sezilarli ustunlik kuzatilmaydi. Shundan kelib chiqib, funksional shakl tanlovi koeffitsiyentlarni talqin qilish uchun muhim, bashorat aniqligi uchun esa maʼlumot sifati hal qiluvchi omil ekani asoslanadi. Metodologik hissa sifatida ijtimoiy tarmoq eʼlonlarida takrorlanish ulushi 97 foizga yetishi oʻlchandi va dublikatlarni tozalash gedonik tahlilning majburiy bosqichi sifatida asoslandi.
2026-08-08T00:00:00+00:00Copyright (c) 2026 Xushvaqtov Jasur Shuhrat oʻgʻlihttps://insurance.tsue.uz/index.php/journal/article/view/507MOL-MULK SUG‘URTASIDA RISKLARNI BAHOLASH VA ANDERRAYTING METODOLOGIYASINI TAKOMILLASHTIRISH2026-08-20T07:29:36+00:00Tuxtarova Maftuna Yo‘ldashboy qizikungratovilmurod08@gmail.com
Maqolada mol-mulk sug‘urtasida risklarni baholash va anderrayting metodologiyasini takomillashtirish nazariy-metodologik va empirik jihatdan tadqiq etilgan. Swiss Re instituti ma’lumotlariga ko‘ra, iqlim o‘zgarishi ta’sirida jahon bo‘yicha tabiiy ofatlardan himoyaviy bo‘shliq 2025-yilda 424 milliard AQSh dollariga yetgan, bu anderrayting metodologiyasini tarixiy ma’lumotlardan kelajakka yo‘naltirilgan modellarga o‘tkazishni talab qilmoqda. Tadqiqotda riskni tasniflash nazariyasi bilan falokatli risklarni modellashtirishning to‘rt tarkibiy tuzilmasi birlashtirilib, zamonaviy anderraytingning yagona ikki bosqichli nazariy modeli shakllantirilgan hamda jahon amaliyotidagi uch metodologik yondashuv, ya’ni an’anaviy aktuar usul, falokatli modellashtirish dasturlari va sun’iy intellekt asosidagi yondashuv qiyosiy tahlil qilingan. Tadqiqot doirasida aniqlangan eng muhim natija shundan iboratki, O‘zbekiston Respublikasida seysmik xavfsizlik sohasida yaratilgan davlat infratuzilmasi, binolarning elektron texnik pasportlari platformasi va avtomatik monitoring tizimi — anderrayting metodologiyasini takomillashtirish uchun hali foydalanilmagan noyob resurs hisoblanadi. Tadqiqot natijalari asosida aniq ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqildi.
2026-08-08T00:00:00+00:00Copyright (c) 2026 Tuxtarova Maftuna Yo‘ldashboy qizihttps://insurance.tsue.uz/index.php/journal/article/view/506TIBBIY SUG‘URTANING KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISHGA TA’SIRI2026-08-20T07:26:09+00:00Yusupov Akbar Haydarovichkungratovilmurod08@gmail.com
Maqolada tibbiy sug‘urtaning kambag‘allikni qisqartirishga ta’siri nazariy-metodologik va empirik jihatdan tadqiq etilgan. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti va Jahon banki ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘yicha 1,3 milliard kishi tibbiy xarajatlar tufayli kambag‘allik chegarasidan pastga tushgan, shundan 344 millioni ekstremal kambag‘allikda yashamoqda. Tibbiy sug‘urtaning kambag‘allikka ta’sir yo‘nalishlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri moliyaviy himoya, daromadni barqarorlashtirish va tibbiy xizmatlardan foydalanishni rag‘batlantirish sifatida ilmiy adabiyotlar asosida tizimlashtirilgan. Markaziy Osiyo davlatlarining tibbiy xarajatlar ulushi qiyosiy tahlil qilingan va global o‘rtacha ko‘rsatkichga nisbatan solishtirilgan. Shu bilan birga, mamlakatda kambag‘allik darajasini pasaytirishda Davlat tibbiy sug‘urta jamg‘armasining roli o‘rganildi. Tadqiqot natijalari asosida aniq takliflar ishlab chiqilgan.
2026-08-08T00:00:00+00:00Copyright (c) 2026 Yusupov Akbar Haydarovichhttps://insurance.tsue.uz/index.php/journal/article/view/505SHAXSIY SUG‘URTA TURLARINI RIVOJLANTIRISHNING ILG‘OR XORIJ TAJRIBASI2026-08-20T07:23:31+00:00Isayeva Xolbibi Boboqulovnakungratovilmurod08@gmail.com
Mazkur tadqiqotda shaxsiy sug‘urta turlarini rivojlantirishning ilg‘or xorij tajribasi nazariy va empirik jihatdan o‘rganilgan. Shaxsiy sug‘urta turlarini rivojlantirish borasidagi rivojlangan davlatlar (AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya, Yaponiya va Janubiy Koreya) tajribasi kompleks tahlil qilinib, O‘zbekiston sharoitiga moslashtirilgan amaliy yondashuvlar berilgan. Ushbu davlatlarning shaxsiy sug‘urta modellari (tartibga solish tizimi, ustuvor mahsulotlar, tarqatish kanallari) o‘zaro solishtirilgan. O‘zbekistonda shaxsiy sug‘urta bozorining hozirgi holati va rivojlanish dinamikasi baholangan. Tadqiqot natijalari asosida turli ilg‘or xorijiy modellarni O‘zbekistonning mavjud bank tarmog‘i, mahalla tizimi va davlat an’analariga moslashtiruvchi o‘ziga xos gibrid yondashuvlar taklif etilgan.
2026-08-08T00:00:00+00:00Copyright (c) 2026 Isayeva Xolbibi Boboqulovnahttps://insurance.tsue.uz/index.php/journal/article/view/504TRANSPORT INFRATUZILMASINING RIVOJLANISHINING XORIJIY TAJRIBASI2026-08-20T07:20:45+00:00Shodmonbekova Nodira Kamoljon qizikungratovilmurod08@gmail.com
Maqolada transport infratuzilmasini rivojlantirish va modernizatsiya qilishning xorijiy tajribasi, xususan, Yevropa, AQSh va Xitoy transport tizimlarida amalga oshirilgan islohotlarning asosiy yo‘nalishlari tahlil qilingan. Tadqiqotda temir yo‘l transportini isloh qilish, davlat tomonidan tartibga solish va xususiy sektor ishtiroki, investitsiyalarni jalb etish, transport-logistika markazlarini rivojlantirish hamda zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etishning transport tizimi samaradorligiga ta’siri ko‘rib chiqilgan. Buyuk Britaniya, Germaniya, AQSh va Xitoy tajribasi misolida transport infratuzilmasini boshqarish va isloh qilishning ijobiy hamda ayrim salbiy jihatlari ochib berilgan. Shuningdek, G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida transport-logistika markazlarining transport sohasi daromadlaridagi o‘rni va yordamchi transport xizmatlarining iqtisodiy ahamiyati statistik ma’lumotlar asosida yoritilgan.
2026-08-08T00:00:00+00:00Copyright (c) 2026 Shodmonbekova Nodira Kamoljon qizihttps://insurance.tsue.uz/index.php/journal/article/view/503KORXONALAR MOLIYAVIY FAOLIYATI OPERATSIYALARINI TASNIFLASHNING TAKOMILLASHTIRILGAN KONSEPTUAL MODELI: MILLIY VA XALQARO YONDASHUVLAR UYG‘UNLIGI2026-08-12T20:20:33+00:00Umarova Shahnozakungratovilmurod08@gmail.com
Maqolada korxonalar moliyaviy faoliyatiga kiruvchi hisob ob’ektlarini tasniflash masalalari tadqiq etilgan. Moliyaviy faoliyat operatsiyalarini moliyalashtirish manbai, majburiyat muddati, valyuta belgisi, risk darajasi va moliyaviy natijaga ta’siri bo‘yicha tasniflashning takomillashtirilgan konseptual modeli ishlab chiqilgan. Ularni tan olish, baholash, hisobda aks ettirish va moliyaviy hisobotlarda ochib berishning izchil metodologiyasi milliy talablar va xalqaro standartlar asosida asoslangan.
2026-08-08T00:00:00+00:00Copyright (c) 2026 Umarova Shahnozahttps://insurance.tsue.uz/index.php/journal/article/view/502УЛУЧШЕНИЕ ГОСУДАРСТВЕННОЙ ФИНАНСОВОЙ ПОДДЕРЖКИ ВНЕДРЕНИЯ ВОДОЭКОНОМИЧНЫХ ТЕХНОЛОГИЙ В РЕСПУБЛИКЕ КАРАКАЛПОГИСТАН2026-08-12T20:14:24+00:00Сейтназаров Бахадир Муратбаевичkungratovilmurod08@gmail.com
В данной статье на основе комплексного научного подхода исследуются вопросы совершенствования механизмов государственной финансовой поддержки внедрения водосберегающих технологий в Республике Каракалпакстан в контексте эффективного использования водных ресурсов. Подробно анализируется экономическое, экологическое и социальное значение повышения эффективности водопользования в агропромышленном секторе в условиях изменения климата, дефицита воды и деградации земель. Исследование обосновывает возможности сокращения водопотребления, повышения производительности и снижения производственных издержек в результате внедрения водосберегающих технологий, в частности, систем капельного и дождевального орошения. Одновременно эффективность этих технологий сравнивается с международным опытом на основе данных Продовольственной и сельскохозяйственной организации ООН и Всемирного банка. В статье оценивается текущее состояние используемых государством финансовых инструментов – субсидий, льготных кредитов, грантов и государственных программ, а также анализируется их экономическая эффективность и охват. Установлено, что, хотя существующие механизмы поддержки дают положительные результаты, их институциональная эффективность и практический охват недостаточны. Также в рамках исследования были определены приоритетные направления совершенствования системы финансовой поддержки, среди которых особое значение имеют оптимизация механизма субсидирования, расширение долгосрочного льготного кредитования, привлечение инвестиций на основе государственно-частного партнерства и внедрение цифровых систем мониторинга.
2026-08-08T00:00:00+00:00Copyright (c) 2026 Сейтназаров Бахадир Муратбаевичhttps://insurance.tsue.uz/index.php/journal/article/view/501TIJORAT BANKLARDA ISHLAB CHIQISHDA FOYIZ XAVFLARINI BOSHQARISHINI MUSTAHKAMLASH2026-08-12T20:11:00+00:00Seitnazarov Daniyar Baxadirovichkungratovilmurod08@gmail.com
Ushbu maqolada tijorat banklarida foiz stavkalari riskini boshqarish amaliyotini takomillashtirishning nazariy va amaliy jihatlari tahlil qilinadi. Jahon moliya bozorlaridagi foiz stavkalarining o‘zgaruvchanligi, inflyatsiya jarayonlari va makroiqtisodiy noaniqliklar bank faoliyatiga sezilarli ta’sir ko‘rsatmoqda. Shu nuqtai nazardan qaraganda, foiz stavkalari risklarini samarali boshqarish banklarning moliyaviy barqarorligini ta’minlashning muhim omili hisoblanadi. Tadqiqotda foiz stavkalari riskini boshqarishning zamonaviy usullari, jumladan, GAP tahlili, muddat tahlili va lotin moliyaviy vositalardan foydalanish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi. Shuningdek, O‘zbekiston tijorat banklarida mavjud boshqaruv tizimi tahlil qilinib, uni takomillashtirish bo‘yicha amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi. Tadqiqot natijalari banklarda risklarni boshqarish tizimini mustahkamlash, aktiv va passivlarni uyg‘unlashtirish, foiz stavkalari risklarini minimallashtirishga qaratilgan strategiyalarni ishlab chiqishda katta ahamiyatga ega.
2026-08-08T00:00:00+00:00Copyright (c) 2026 Seitnazarov Daniyar Baxadirovichhttps://insurance.tsue.uz/index.php/journal/article/view/500RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR: ASOSIY XUSUSIYATLARI, RIVOJLANISH BOSQICHLARI VA IMKONIYATLARI2026-08-12T20:06:45+00:00Shadmanov Zuhriddin Zokirxodjayevichkungratovilmurod08@gmail.com
Ushbu maqolada hozirgi kunda dolzarb mavzuga aylangan “Sun’iy intellekt” tushunchasi, uni joriy etishning ahamiyati va iqtisodiy samarasi haqida ma’lumotlar keltirilgan. Shuningdek, sun’iy intellektni (SI) iqtisodiyotga joriy etishning iqtisodiy samaralari tahlil qilinadi. Sun’iy intellekt texnologiyalarining ishlab chiqarish jarayonlari, xizmat ko‘rsatish tarmoqlari va iqtisodiy resurslar boshqaruvi sohalaridagi samaradorligi, shuningdek, mehnat bozori va ishchi kuchining o‘zgarishi hamda yangi ish joylarining yaratishdagi roli o‘rganiladi.
2026-08-08T00:00:00+00:00Copyright (c) 2026 Shadmanov Zuhriddin Zokirxodjayevichhttps://insurance.tsue.uz/index.php/journal/article/view/499TOSHKENT MINTAQASIGA XOS AGROTURIZM RESURSLARI HAMDA INFRATUZILMA HOLATI VA BARQAROR RIVOJLANISH OMILLARI2026-08-12T20:02:33+00:00Shodiyeva Nafosat Hamza qizikungratovilmurod08@gmail.com
Ushbu maqolada Toshkent viloyatida agroturizmni rivojlantirish imkoniyatlari, hududning tabiiy, qishloq xo‘jaligi, madaniy va infratuzilmaviy resurslari tahlil qilingan. Bo‘stonliq, Parkent va Qibray tumanlaridagi tog‘ va tog‘oldi landshaftlari, uzumzorlar, mevali bog‘lar, fermer hamda chorvachilik xo‘jaliklarining agroturistik salohiyati yoritilgan. Shuningdek, Chimgan, Chorvoq va Beldersoy hududlaridagi turistik obyektlar, mehmonxonalar, kichik mehmon uylari, transport, kommunal va axborot xizmatlarining mavjud holati baholangan.
2026-08-08T00:00:00+00:00Copyright (c) 2026 Shodiyeva Nafosat Hamza qizihttps://insurance.tsue.uz/index.php/journal/article/view/498YASHIL IQTISODIYOT SHAROITIDA HUDUDIY MAISHIY CHIQINDILARNI BOSHQARISH TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH: XORAZM VILOYATI MISOLIDA EMPIRIK TAHLIL2026-08-12T19:57:23+00:00Djumabayeva Shaira Xalillayevnakungratovilmurod08@gmail.comJumaniyozov Farxodjon Rajapboy o‘g‘likungratovilmurod08@gmail.com
Ushbu maqolada Xorazm viloyatida maishiy chiqindilarni boshqarish tizimining amaldagi holati, xizmat ko‘rsatish sifati va aholining ekologik xabardorligi hamda amaliy xulq-atvori o‘rtasidagi bog‘liqlik empirik ma’lumotlar asosida tahlil qilingan. Tadqiqot 2025-yilda 170 nafar respondent ishtirokida o‘tkazilgan sotsiologik so‘rovnoma ma’lumotlariga asoslangan bo‘lib, unda miqdoriy tahlil, qiyosiy tahlil va tarkibiy dekompozitsiya yondashuvlaridan foydalanilgan. Natijalar chiqindilarni olib chiqib ketish xizmatlarida muntazamlik bilan bog‘liq muammolar mavjudligini, aholining ekologik xabardorligi bilan chiqindilarni amalda saralash darajasi o‘rtasida sezilarli tafovut mavjudligini ko‘rsatdi. Xususan, ekologik xabardorlik darajasi 80,0 foizni tashkil etgan bo‘lsa, chiqindilarni muntazam saralovchi respondentlar ulushi 28,8 foizni tashkil etdi. Ushbu ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi tafovut 51,2 foiz punktni tashkil etib, ekologik bilimlarning amaliy xulq-atvorga to‘liq transformatsiya qilinmayotganini ko‘rsatadi. Tadqiqot asosida chiqindilarni olib chiqish logistikasini takomillashtirish, raqamli monitoringni rivojlantirish, chiqindilarni manbada saralashni iqtisodiy rag‘batlantirish va qayta ishlash infratuzilmasiga investitsiyalarni kengaytirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan.
2026-08-08T00:00:00+00:00Copyright (c) 2026 Djumabayeva Shaira Xalillayevna, Jumaniyozov Farxodjon Rajapboy o‘g‘li