Insurance market of Uzbekistan https://insurance.tsue.uz/index.php/journal Tashkent State University of Economics ru-RU Insurance market of Uzbekistan 0000-0000 SANOAT KORXONALARIDA MAHSULOT SIFATINI BOSHQARISH SAMARADORLIGINI BAHOLASHNING USLUBIY ASOSLARINI TAKOMILLASHTIRISH https://insurance.tsue.uz/index.php/journal/article/view/483
Maqolada sanoat korxonalarida  mahsulot sifatini boshqarish samaradorligini baholashning uslubiy yondashuvlari tahlil qilingan. O‘tkazilgan tahlillar natijasida Jizzax viloyati yetakchi sanoat korxonalari kesimida mahsulot sifatini boshqarish samaradorligi boʻyicha kompleks integral baholash uslubiyoti ishlab chiqildi hamda ishlab chiqilgan baholash uslubiyotini amaliyotda qoʻllash bosqichlari keltirildi. Umuman olganda, kompleks baholash natijalari Jizzax viloyati sanoat korxonalarida mahsulot sifatini boshqarish samaradorligi turlicha darajada ekanligini koʻrsatdi. Integral indeksning yuqori boʻlishi asosan xalqaro standartlarning joriy etilganligi, texnologik modernizatsiya darajasi, eksport salohiyati, ishlab chiqarish jarayonlarini raqamlashtirish va innovatsion faollik bilan bevosita bogʻliqligi aniqlandi.
Baytanov O‘ralboy Miraqul o‘g‘li Copyright (c) 2026 Baytanov O‘ralboy Miraqul o‘g‘li https://creativecommons.org/licenses/by/4.0 2026-07-07 2026-07-07 3 4 4 6 10.55439/INS/vol3_iss4/483 QOʻSHILGAN QIYMAT SOLIGʻNING XORIJ TAJRIBASI VA UNI OʻZBEKISTONDA QOʻLLASH ISTIQBOLLARI https://insurance.tsue.uz/index.php/journal/article/view/484
Huqumatlar yildan-yilga elektronlashib bormoqda. Deyarli, barcha davlat idoralari jumladan soliq tizimi oʻzlarining rasmiy veb-sayt va avtomatlashtirilgan tizimlariga ega. Raqamlashtirish soliq organlariga elektron hisobotlar toʻldirishni soliq toʻlovchilarga taklif etish, elektron xizmatlar koʻrsatish va soliq toʻlovchilarning bojxona va xoʻjalik faoliyati yuzasidan nazoratni olib borish imkoniyatini taqdim etadi.
Bobomurodov Abdurasul Copyright (c) 2026 Bobomurodov Abdurasul https://creativecommons.org/licenses/by/4.0 2026-07-07 2026-07-07 3 4 7 9 10.55439/INS/vol3_iss4/484 KICHIK TADBIRKORLIK SUBYEKTLARINI YASHIL IQTISODIYOT TAMOYILLARI ASOSIDA BARQAROR RIVOJLANTIRISH https://insurance.tsue.uz/index.php/journal/article/view/486
Mazkur maqolada kichik tadbirkorlik subyektlarini yashil iqtisodiyot tamoyillari asosida barqaror rivojlantirishning nazariy va amaliy jihatlari tadqiq etilgan. Yashil iqtisodiyotning mazmun-mohiyati, uning kichik biznes faoliyatidagi o‘rni hamda ekologik barqarorlikni ta’minlashdagi ahamiyati tahlil qilingan. Shuningdek, energiya samaradorligi, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish, chiqindilarni boshqarish va ekologik innovatsiyalarni joriy etish orqali kichik tadbirkorlik subyektlarining raqobatbardoshligini oshirish imkoniyatlari o‘rganilgan. Tadqiqot natijasida yashil iqtisodiyot tamoyillarini kichik biznes faoliyatiga integratsiya qilish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Ruziyev Oybek Abdimuminovich Karimov Erkin Yusubovich Copyright (c) 2026 Ruziyev Oybek Abdimuminovich, Karimov Erkin Yusubovich https://creativecommons.org/licenses/by/4.0 2026-07-07 2026-07-07 3 4 10 12 10.55439/INS/vol3_iss4/486 KICHIK BIZNESNI MOLIYAVIY RESURSLARI VA SAMARADORLIGINI OSHIRIGA TAʼSIR EʼTUVCHI OMILLARI https://insurance.tsue.uz/index.php/journal/article/view/487
Maqolada kichik biznesni moliyaviy resurslari mahiyati va ahamiyati oʻrganilgan. Shuningdek,  kichik biznesni moliyaviy resurslarini  samaradorligini oshiriga taʼsir eʼtuvchi omillari tavsifi va ularning mohiyati yoritilgan. Tadqiqot natijasi boʻyicha kichik biznes moliyaviy samarodorligiga bevosita taʼsir koʻrsatadigan omillar  va biznesni tartibga solishda ushbu omillarni taʼsiri boʻyicha ilmiy xulosalar olingan.
Ketmanov Avazbek Malikovich Copyright (c) 2026 Ketmanov Avazbek Malikovich https://creativecommons.org/licenses/by/4.0 2026-07-07 2026-07-07 3 4 13 15 10.55439/INS/vol3_iss4/487 ELЕKTR ENЕRGIYASINI SOTISHDA YO‘QOTISHLARNI QOPLASH BO‘YICHA HISOB-KITOBLAR https://insurance.tsue.uz/index.php/journal/article/view/488
Mazkur ilmiy maqolada elektr energiyasini sotishda yuzaga keladigan yo‘qotishlarni buxgalteriya hisobida aks ettirish amaliyoti tadqiq etilgan. Me’yordan ortiqcha aniqlangan va aybdor shaxslar hisobiga qoplanishi lozim bo‘lgan yo‘qotishlarning amaldagi hisob tartibida boshqa xarajatlar bilan birga umumlashtirilib ko‘rsatilishi muammo sifatida asoslangan. Tadqiqot natijasida Hisoblar rejasidagi 4890 "Boshqa debitorlar qarzlari" schotiga 4891 "Qoplanadigan yo‘qotishlar bo‘yicha hisob-kitoblar" subschotini kiritish taklif etilgan, uning yordamida qoplanadigan yo‘qotishlarni xarajatlardan ajratgan holda debitor qarz sifatida kuzatish mumkinligi asoslangan.
Nurniyozov Feruz Abdurashid o‘g‘li Copyright (c) 2026 Nurniyozov Feruz Abdurashid o‘g‘li https://creativecommons.org/licenses/by/4.0 2026-07-07 2026-07-07 3 4 16 18 10.55439/INS/vol3_iss4/488