Sun’iy intellekt siyosati
Jurnal COPE pozitsiyasiga amal qiladi: sun’iy intellekt vositalari muallif sifatida ko‘rsatilmaydi, chunki mualliflik dastur zimmasiga yuklab bo‘lmaydigan javobgarlikni bildiradi.
Mualliflarga
- Sun’iy intellektdan har qanday foydalanish (matn yaratish, tarjima, kod, rasm yoki ma’lumotlarni qayta ishlash) qo‘lyozmaning alohida bo‘limida — vosita nomi, versiyasi va qanday maqsadda ishlatilgani bilan — oshkor qilinadi.
- Matnning, jumladan har bir manbaning to‘g‘riligi uchun muallif to‘liq javob beradi: sun’iy intellekt manbalarni o‘ylab topishi ma’lum.
- Ma’lumot yoki natijalarni sun’iy intellekt bilan soxtalashtirish — ilmiy etikaning buzilishi va rad etish yoki qaytarib olish asosi.
Taqrizchilarga
- Qo‘lyozmani ommaviy sun’iy intellekt xizmatiga yuklash maxfiylikni buzadi va taqiqlanadi.
- Taqrizni taqrizchining o‘zi yozadi; sun’iy intellekt ekspert xulosasini almashtira olmaydi.
Tahririyat
Tahririyat texnik tekshiruvlar uchun (rasmiylashtirish, til, o‘zlashtirishni aniqlash) sun’iy intellektdan foydalanishi mumkin, lekin qo‘lyozma bo‘yicha qarorni har doim insonlar qabul qiladi.
