Maqsad va yo‘nalish
Maqsad. Jurnal O‘zbekiston sug‘urta bozori va unga aloqador moliya yo‘nalishlari bo‘yicha original ilmiy-amaliy tadqiqotlarni chop etadi va ularni tadqiqotchilar, amaliyotchilar, tartibga soluvchilar hamda talabalar uchun ochiq holda taqdim etadi.
Yo‘nalishlar. Jurnal quyidagi yo‘nalishlardagi qo‘lyozmalarni qabul qiladi:
- Sug‘urta ishi
- Sug‘urta bozori
- Sug‘urta huquqi
- Sug‘urtani tartibga solish
- Risklar va risklarni boshqarish
- Moliya va moliya bozorlari
- Investitsiyalar va investitsion faoliyat
- Baholash ishi
- Soliqlar va soliqqa tortish
Shuningdek, jurnalda sug‘urta bozori statistikasi, To‘lovlar kafolati jamg‘armasi va O‘zbekiston sug‘urta bozori professional ishtirokchilari uyushmasi ma’lumotlari hamda sug‘urta kompaniyalarining hisobotlari e’lon qilinadi.
Iqtisodiyotning barcha yo‘nalishlarida maqolalar qabul qilinadi. To‘liq ro‘yxat: jurnal bo‘limlari.
