Jurnal haqida
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Kengashining 2022-yil 29-apreldagi 9-son qarori bilan “Soliqlar va sug‘urta ishi” kafedrasining “O‘zbekiston sug‘urta bozori” (rus tilidagi nomlanishi — «Straxovoy rynok Uzbekistana», ingliz tilidagi nomlanishi — “Uzbekistan insurance market”) ilmiy-amaliy elektron jurnali tashkil etilgan. Jurnalga 10.10.2022-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining 042481-sonli ruxsatnomasi olingan.
Jurnal har ikki oyda bir marta elektron variantda (keyinchalik bosma variantda ham chop etish ko‘zda tutilgan) nashr etilib, quyidagi ruknlar yo‘nalishiga mos ilmiy va amaliy maqolalarni chop etadi:
-
Sug‘urta ishi;
-
Sug‘urta bozori;
-
Sug‘urta huquqi;
-
Sug‘urtani tartibga solish;
-
Risklar va risklarni boshqarish;
-
Moliya va moliya bozorlari;
-
Investitsiyalar va investitsion faoliyat;
-
Baholash ishi;
-
Soliqlar va soliqqa tortish.
Shu bilan birga, jurnalda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Sug‘urta bozorini rivojlantirish boshqarmasi faoliyati bilan bog‘liq ma’lumotlar va e’lonlar, sug‘urta bozorining choraklik, yarim yillik, to‘qqiz oylik va yillik statistik ma’lumotlari, To‘lovlarni kafolatlash jamg‘armasining hamda O‘zbekiston sug‘urta bozori professional ishtirokchilari uyushmasining ma’lumot va e’lonlari, sug‘urta kompaniyalarining hisobotlari e’lon qilib borilishi mumkin.
Ta’sischi (Muassis): Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
Maqolalarga qo‘yiladigan talablar: Maqolalar IMRAD talabi bo‘yicha yozilishi kerak.
Jurnalning maqomi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasining 2023-yil 30-noyabrdagi 346-sonli qaroriga binoan «O‘zbekiston sug‘urta bozori» ilmiy-amaliy elektron jurnali dissertatsiyalar asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashr sifatida e’tirof etilgan.
- eISSN 2992-9083 — xalqaro standart seriya raqami.
- Har bir maqolaga DOI raqami beriladi.
- Jurnal ochiq kirishda (CC BY 4.0), elektron shaklda chiqadi.
