TIJORAT BANKLARIDA MUAMMOLI KREDITLARNI ERTA ANIQLASH VA MONITORING QILISH MEXANIZMLARINI TAKOMILLASHTIRISH
DOI:
https://doi.org/10.55439/INS/vol3_iss5/516##article.subject##:
muammoli kreditlar; erta ogohlantirish tizimi; kredit tavakkalchiligi; monitoring mexanizmlari; IFRS 9; prudensial nazorat; zaxiralar; bank barqarorligi.##article.abstract##
Ushbu maqolada tijorat banklarida muammoli kreditlarni erta aniqlash va monitoring qilish mexanizmlarini takomillashtirish masalalari tadqiq etilgan. Tadqiqotning dolzarbligi O'zbekiston bank tizimida kredit portfeli hajmining tez sur'atlarda o'sib borayotganligi, ammo amaldagi tartibga soluvchi baholash mezonlarining kredit tavakkalchiligining haqiqiy darajasini to'liq aks ettirmasligi bilan izohlanadi. Maqolaning maqsadi muammoli kreditlarni aniqlashning amaldagi tartibga solish va institutsional mexanizmlarini tahlil qilish, ularning kamchiliklarini aniqlash hamda ko'p bosqichli erta ogohlantirish tizimini takomillashtirish bo'yicha ilmiy asoslangan takliflar ishlab chiqishdan iborat. Tadqiqotda normativ-huquqiy tahlil, statistik-iqtisodiy tahlil, qiyosiy tahlil va SWOT-tahlil elementlaridan foydalanilgan. Tahlil natijalari shuni ko'rsatdiki, 2025-yil boshiga rasmiy tartibga solish ma'lumotlariga ko'ra muammoli kreditlar ulushi taxminan 4 foizni tashkil etgan bo'lsa-da, xalqaro moliyaviy hisobot standartlari (IFRS 9) asosidagi baholashda bu ko'rsatkich 10 foizga yaqin, nazorat toifasidagi (substandart) kreditlar ulushi esa 16,5 foizga yetgan. Bu farq amaldagi monitoring tizimining muammoli kreditlarni yetarlicha erta aniqlay olmasligidan dalolat beradi. Maqolada uch bosqichli (mikroprudensial, makroprudensial va institutsional) erta ogohlantirish indikatorlari tizimini joriy etish, IFRS 9 asosidagi kutilayotgan kredit yo'qotishlari modelini nazorat hisobotlari bilan chuqurroq uyg'unlashtirish hamda banklararo kredit ma'lumotlari almashinuvi tizimini takomillashtirish bo'yicha takliflar ishlab chiqilgan. Natijalar O'zbekiston bank tizimining barqarorligini mustahkamlashda va Markaziy bankning prudensial nazorat siyosatini takomillashtirishda amaliy ahamiyatga ega.
References
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining IFRS (xalqaro moliyaviy hisobot standartlari)ga o'tish to'g'risidagi PF-4611-son Farmoni. — 2020.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020–2025-yillarga mo'ljallangan bank tizimini isloh qilish strategiyasi to'g'risidagi Farmoni. — 2020.
O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining "Tijorat banklarida aktivlar sifatini tasniflash va aktivlar bo'yicha ehtimoliy yo'qotishlarni qoplash uchun zaxiralar shakllantirish hamda ulardan foydalanish tartibi to'g'risida"gi Nizomi (ro'yxat raqami 2696, 14.07.2015-y.) // lex.uz.
O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2025-yil 13-iyundagi 12/7-son qarori (ro'yxat raqami 3030-10, 14.07.2025-y.) // lex.uz.
O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki. Tijorat banklarining muammoli kreditlari (NPL) to'g'risida 2025-yil 1-yanvar holatiga ma'lumot // cbu.uz.
O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki. Tijorat banklarining kredit va depozitlari to'g'risida statistik ma'lumotlar // cbu.uz.
International Monetary Fund (IMF). Republic of Uzbekistan: Financial Sector Assessment Program — Financial System Stability Assessment. IMF Country Report No. 25/145. — Washington, D.C.: IMF, 2025.
World Bank. Republic of Uzbekistan: Financial Sector Assessment. — Washington, D.C.: World Bank, 2025.
Fitch Ratings. Uzbekistan's Banking Sector Becoming More Resilient: Sector Outlook. — 2025.
Basel Committee on Banking Supervision (BCBS). Basel III: A Global Regulatory Framework for More Resilient Banks and Banking Systems. — Basel: Bank for International Settlements, 2011.
OECD / BIS Financial Stability Institute (FSI). IFRS 9 and Expected Loss Provisioning: Executive Summary. FSI Insights / Summary No. 3. — 2017.
Novotny-Farkas Z., Oberson R., Renner E. IFRS 9 under Stress // SSRN Working Paper. — 2024.
Merton R.C. On the Pricing of Corporate Debt: The Risk Structure of Interest Rates // The Journal of Finance. — 1974. — Vol. 29, № 2. — P. 449–470.
Downloads
##submissions.published##
How to Cite
##issue.issue##
##section.section##
License
Copyright (c) 2026 Djamalov Gʻofir Oribjanovich

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.