MAVSUMIY MAHSULOT ISHLAB CHIQARUVCHI KORXONA MOLIYAVIY BARQARORLIGINING EMPIRIK TAHLILI (“MAXAM-CHIRCHIQ” AJ MISOLIDA, 2021–2025-YILLAR)
DOI:
https://doi.org/10.5281/zenodo.23371943Annotatsiya
Maqolada mavsumiy mahsulot (mineral oʻgʻitlar) ishlab chiqaruvchi yirik sanoat korxonasi — “Maxam-Chirchiq” AJning 2021–2025-yillardagi moliyaviy holati korxonaning yillik moliyaviy hisobotlari va 60 oylik operativ pul oqimlari maʼlumotlari asosida tahlil qilingan. Pul tushumlarining oylik va choraklik taqsimoti asosida mavsumiylik amplitudasi miqdoriy baholangan: 2022–2025-yillarda ikkinchi chorakka yillik tushumning 41–47 foizi, toʻrtinchi chorakka 11–15 foizi toʻgʻri kelgan, oylik mavsumiylik indeksi aprel–may oylarida 1,77–1,90, dekabr–yanvar oylarida 0,42–0,49 ni tashkil etgan. Oʻzbekiston sharoitiga xos ikki tomonlama mavsumiylik — talabning bahorgi choʻqqisi bilan bir qatorda qish oylarida tabiiy gaz yetkazib berish cheklovlari tufayli ishlab chiqarishning majburiy toʻxtatilishi — aniqlangan va uning moliyaviy oqibatlari (ombordagi tayyor mahsulot zaxirasining 236 mlrd soʻmdan 949 mlrd soʻmgacha oʻsishi, sexlarni saqlash xarajatlari, foiz xarajatlarining 3,8 mlrd soʻmdan 101,4 mlrd soʻmgacha oshishi, 2024–2025-yillardagi sof zarar) ochib berilgan. Anʼanaviy likvidlik koeffitsiyentlarining mavsumiy zaxira hisobiga “sunʼiy” yuqori koʻrinishini bartaraf etuvchi tuzatilgan joriy likvidlik koʻrsatkichi taklif etilgan va hisoblangan. Tahlil natijalari moliyaviy barqarorlikni “mavsumiy moliyaviy sikl” doirasida, oylik pul oqimlari asosida baholash zarurligini empirik asoslaydi.Kalit soʻzlar
mavsumiylik, mineral oʻgʻitlar sanoati, moliyaviy barqarorlik, pul oqimlari, mavsumiylik indeksi, likvidlik, tayyor mahsulot zaxiralari, qarz spirali, ikki tomonlama mavsumiylik.Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati
1. Beaver W.H. Financial Ratios as Predictors of Failure // Journal of Accounting Research. – 1966. – Vol. 4. – P. 71–111.
2. Altman E.I. Financial Ratios, Discriminant Analysis and the Prediction of Corporate Bankruptcy // The Journal of Finance. – 1968. – Vol. 23, No. 4. – P. 589–609.
3. Ohlson J.A. Financial Ratios and the Probabilistic Prediction of Bankruptcy // Journal of Accounting Research. – 1980. – Vol. 18, No. 1. – P. 109–131.
4. Myers S.C., Majluf N.S. Corporate Financing and Investment Decisions When Firms Have Information That Investors Do Not Have // Journal of Financial Economics. – 1984. – Vol. 13, No. 2. – P. 187–221.
5. Richards V.D., Laughlin E.J. A Cash Conversion Cycle Approach to Liquidity Analysis // Financial Management. – 1980. – Vol. 9, No. 1. – P. 32–38.
6. Deloof M. Does Working Capital Management Affect Profitability of Belgian Firms? // Journal of Business Finance & Accounting. – 2003. – Vol. 30, No. 3–4. – P. 573–588.
7. Fairhurst D. Financing seasonal demand // Financial Management. – 2020. – Vol. 49, No. 3. – P. 839–870.
8. Murfin J., Petersen M. Loans on sale: Credit market seasonality, borrower need, and lender rents // Journal of Financial Economics. – 2016. – Vol. 121, No. 2. – P. 300–326.
9. Baños-Caballero S., García-Teruel P.J., Martínez-Solano P. Working capital management, corporate performance, and financial constraints // Journal of Business Research. – 2014. – Vol. 67, No. 3. – P. 332–338.
10. Allen L., Saunders A. Bank window dressing: Theory and evidence // Journal of Banking & Finance. – 1992. – Vol. 16, No. 3. – P. 585–623.
11. Danish M.S., Roy P.K. Examining the persistent and transient technical efficiency of the Indian fertilizer industry // Applied Economics. – 2025. – Vol. 57, No. 36. – P. 5552–5566.
12. Li Y., Zhang W., Ma L., Huang G., Oenema O., Zhang F., Dou Z. An Analysis of Chinaʼs Fertilizer Policies: Impacts on the Industry, Food Security, and the Environment // Journal of Environmental Quality. – 2013. – Vol. 42, No. 4. – P. 972–981.
13. Saviskaya G.V. Kompleksnыy analiz xozyaystvennoy deyatelnosti predpriyatiya: uchebnik. – 7-ye izd. – M.: INFRA-M, 2025. – 608 s.
14. Sheremet A.D., Negashev Ye.V. Metodika finansovogo analiza deyatelnosti kommercheskix organizatsiy. – 2-ye izd. – M.: INFRA-M, 2024. – 208 s.
15. Blank I.A. Upravleniye denejnыmi potokami. – Kiyev: Nika-Sentr, Elga, 2002. – 736 s.
16. Yuldashev F.T. Sanoat korxonalarining moliyaviy barqarorligini taʼminlash yoʻllari // Fundamental tadqiqotlar jurnali. – 2023. – T. 3, № 3. – B. 54–60.
17. Econometric Analysis of Factors Affecting Economic Stability of Chemical Industry Enterprises in Digital Era: In Case of Uzbekistan // Proceedings of the 6th International Conference on Future Networks & Distributed Systems (ICFNDS 2022). – New York: ACM, 2023. – DOI: 10.1145/3584202.3584274.
18. “Maxam-Chirchiq” AJning 2021–2025-yillardagi yillik moliyaviy hisobotlari va operativ moliyaviy maʼlumotlari.
19. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentyabrdagi PF-158-son “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasi toʻgʻrisidagi Farmoni // lex.uz.
Yuklab olishlar
Nashr etilgan
Iqtibos keltirish
Son
Boʻlim
Litsenziya
Copyright (c) 2026 Alisher Akramovich Kilichev

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.
