DAVLAT-XUSUSIY SHERIKLIK VA HUDUDIY IQTISODIY OʻSISH: OʻZBEKISTON HUDUDLARI BOʻYICHA PANEL MAʼLUMOTLAR ASOSIDA EMPIRIK BAHOLASH (2020–2025)
DOI:
https://doi.org/10.5281/zenodo.24032408Annotatsiya
Tadqiqot Oʻzbekistonda davlat-xususiy sheriklik (DXSh) faolligining hududiy iqtisodiy oʻsish bilan bogʻliqligini 14 hudud boʻyicha 2020–2025-yillarni qamrab olgan balanslangan panel maʼlumotlarida baholaydi. Panel 2 983 ta DXSh bitimini oʻz ichiga olgan rasmiy reyestrni hududlar kesimida qayta ishlash (bitimlarning 96,6 foizi hududga biriktirildi) hamda Milliy statistika qoʻmitasining yalpi hududiy mahsulot (YaHM) va aholi boʻyicha maʼlumotlarini birlashtirish orqali shakllantirildi. Faqat hudud effektlarini nazorat qiluvchi anʼanaviy fiksirlangan effektlar modeli DXSh bitimlari qiymatining YaHM bilan ijobiy va statistik ahamiyatli bogʻliqligini koʻrsatadi, Hausman testi esa tasodifiy effektlar modelini rad etadi (χ²(4) = 166,8). Biroq yil fiksirlangan effektlari kiritilib, ichki oʻzgarishlar hududlar boʻyicha klasterlangan standart xatolar va 14 klasterga moslashtirilgan wild cluster bootstrap orqali baholanganda, DXSh zichligi, bitimlar qiymati va shartnoma muddatining real aholi jon boshiga YaHMga ijobiy taʼsiri tasdiqlanmaydi. Lag qilingan bitimlar qiymati uchun kichik manfiy koeffitsient (−0,0055) qayd etildi, ammo u barcha mustahkamlik tekshiruvlaridan oʻtmaydi. Natijalar DXSh va oʻsish oʻrtasidagi kuzatilgan ijobiy bogʻliqlik asosan umummilliy makroiqtisodiy trend bilan izohlanishini, 2020–2025-yillar oraligʻida esa qisqa muddatli sababiy taʼsir hali identifikatsiya qilinmasligini koʻrsatadi. Ushbu xulosa reyestr tarkibi (2025-yildagi bitimlarning 79 foizi sugʻorish obʼektlari boʻyicha mikro-konsessiyalar) va yirik energetika loyihalarining hali ishga tushmaganligi bilan izohlanadi. Maqola DXSh samaradorligini baholashda metodologik tanlov xulosani tubdan oʻzgartirishini koʻrsatadi va reyestr maʼlumotlarini takomillashtirish boʻyicha amaliy tavsiyalar beradi.Kalit soʻzlar
davlat-xususiy sheriklik, hududiy iqtisodiy oʻsish, panel maʼlumotlar, ikki tomonlama fiksirlangan effektlar, wild cluster bootstrap, infratuzilma, OʻzbekistonFoydalanilgan adabiyotlar roʻyxati
1. Ansar, A., Flyvbjerg, B., Budzier, A., & Lunn, D. (2016). Does infrastructure investment lead to economic growth or economic fragility? Evidence from China. Oxford Review of Economic Policy, 32(3), 360–390.
2. Aschauer, D. A. (1989). Is public expenditure productive? Journal of Monetary Economics, 23(2), 177–200.
3. Atapattu, P. J. (2019). Infrastructure investment with public-private partnership (PPP) and economic growth in developing countries in Asia. Vidyodaya Journal of Management, 91–119.
4. Bom, P. R. D., & Ligthart, J. E. (2014). What have we learned from three decades of research on the productivity of public capital? Journal of Economic Surveys, 28(5), 889–916. https://doi.org/10.1111/joes.12037
5. Cameron, A. C., Gelbach, J. B., & Miller, D. L. (2008). Bootstrap-based improvements for inference with clustered errors. The Review of Economics and Statistics, 90(3), 414–427.
6. Chen, B. (2021). Public–private partnership infrastructure investment and sustainable economic development: An empirical study based on efficiency evaluation and spatial spillover in China. Sustainability, 13(15), 8146. https://doi.org/10.3390/su13158146
7. de Chaisemartin, C., & D'Haultfœuille, X. (2020). Two-way fixed effects estimators with heterogeneous treatment effects. American Economic Review, 110(9), 2964–2996. https://doi.org/10.1257/aer.20181169
8. Drukker, D. M. (2003). Testing for serial correlation in linear panel-data models. The Stata Journal, 3(2), 168–177.
9. Engel, E., Fischer, R. D., & Galetovic, A. (2014). The economics of public-private partnerships: A basic guide. Cambridge University Press.
10. Hart, O. (2003). Incomplete contracts and public ownership: Remarks, and an application to public-private partnerships. The Economic Journal, 113(486), C69–C76.
11. Hausman, J. A. (1978). Specification tests in econometrics. Econometrica, 46(6), 1251–1271.
12. Hodge, G. A., & Greve, C. (2007). Public–private partnerships: An international performance review. Public Administration Review, 67(3), 545–558.
13. Iossa, E., & Martimort, D. (2015). The simple microeconomics of public-private partnerships. Journal of Public Economic Theory, 17(1), 4–48. https://doi.org/10.1111/jpet.12114
14. MacKinnon, J. G., Nielsen, M. Ø., & Webb, M. D. (2023). Cluster-robust inference: A guide to empirical practice. Journal of Econometrics, 232(2), 272–299. https://doi.org/10.1016/j.jeconom.2022.04.001
15. Munnell, A. H. (1992). Policy watch: Infrastructure investment and economic growth. Journal of Economic Perspectives, 6(4), 189–198.
16. Nickell, S. (1981). Biases in dynamic models with fixed effects. Econometrica, 49(6), 1417–1426.
17. Pesaran, M. H. (2015). Testing weak cross-sectional dependence in large panels. Econometric Reviews, 34(6–10), 1089–1117.
18. Roodman, D. (2009). A note on the theme of too many instruments. Oxford Bulletin of Economics and Statistics, 71(1), 135–158.
19. Webb, M. D. (2023). Reworking wild bootstrap-based inference for clustered errors. Canadian Journal of Economics, 56(3), 839–858. https://doi.org/10.1111/caje.12661
20. Wei, B., Guo, X., & Wang, Z. (2021). PPP mode and coordinated regional development—Empirical evidence from China. In M. Li et al. (Eds.), IEIS 2020 (pp. 115–127). Springer. https://doi.org/10.1007/978-981-33-4363-4_9
21. Wooldridge, J. M. (2010). Econometric analysis of cross section and panel data (2nd ed.). MIT Press.
22. Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 10-maydagi OʻRQ-537-son "Davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisida"gi Qonuni. https://lex.uz/docs/4329270
23. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-avgustdagi PQ-308-son "Oʻzbekiston Respublikasida 2024–2030-yillarda davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi qarori. https://lex.uz/docs/-7089556
24. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-oktabrdagi 720-son "Davlat-xususiy sheriklik sohasini yanada takomillashtirish hamda kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi qarori. https://lex.uz/acts/-7180726
25. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasi. Yalpi ichki (hududiy) mahsulot hajmi (yillik), 1.01.03.0001; oʻsish surʼatlari (yillik), 1.01.03.0002; aholi jon boshiga hajmi (yillik), 1.01.03.0003. SIAT maʼlumotlar bazasi. https://siat.stat.uz
Yuklab olishlar
Nashr etilgan
Iqtibos keltirish
Son
Boʻlim
Litsenziya
Copyright (c) 2026 Adham Ergashevich Mengnarov

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.
