TURIZMNING IQTISODIY MOHIYATI: NAZARIY YONDASHUVLAR TAHLILI

Mualliflar

  • Ahmadjon Bahromovich Taniyev Samarqand iqtisodiyot va servis instituti “Soliqlar va soliqqa tortish” kafedrasi professori, iqtisodiyot fanlari doktori

DOI:

https://doi.org/10.5281/zenodo.23417093

Annotatsiya

Maqolada turizmni iqtisodiy kategoriya sifatida konseptuallashtirish bilan bog‘liq nazariy va metodologik muammolar tadqiq etilgan. Turizmni an’anaviy tarmoq (sanoat), tizim hamda bozorlar majmuasi sifatida talqin qiluvchi yondashuvlar qiyosiy tahlil qilinib, ularning afzalliklari va cheklovlari aniqlangan. Turistik mahsulot turli iqtisodiy faoliyat turlari ishtirokida shakllanishi sababli turizmning chegarasini faqat ishlab chiqaruvchilarning tarmoq mansubligi asosida belgilash mumkin emasligi asoslangan. Shu asosda turizmni turistlar talabi orqali turli iqtisodiy faoliyat turlarini yagona iste’mol jarayoniga birlashtiruvchi tarmoqlararo iqtisodiy tizim sifatida talqin qilish taklif etilgan. Mazkur yondashuv turizmning iqtisodiy chegaralarini aniqlash, uning iqtisodiyotga qo‘shgan hissasini baholash va statistik hisobini yuritishda talabga asoslangan metodologiyalardan, jumladan, turizm yo‘ldosh hisoblaridan foydalanish zarurligini asoslaydi.

Kalit soʻzlar

turizm, turizm iqtisodiyoti, konseptuallashtirish, tarmoqlararo iqtisodiy tizim, turistik talab, turistik mahsulot, bozorlar majmuasi, turizm yo‘ldosh hisoblari, fanlararo yondashuv.

Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati

1. O‘zbekiston Respublikasining «Turizm to‘g‘risida»gi Qonuni. 2019-yil 18-iyul, O‘RQ-549-son. — www.lex.uz.

2. Lew, A.A., Hall, C.M., Williams, A.M. (eds.) A Companion to Tourism. — Oxford: Blackwell Publishing, 2004.

3. Hall, C.M., Page, S.J. The Geography of Tourism and Recreation: Environment, Place and Space. — 3rd ed. — London: Routledge, 2006.

4. Pearce, D.G. Advancing tourism research: issues and responses // Alejziak, W., Winiarski, R. (eds.) Tourism in Scientific Research. — Krakow–Rzeszow: Academy of Physical Education; University of Information Technology and Management in Rzeszow, 2005. — P. 7–20.

5. Ritchie, B.W. Chaos, crisis and disasters: a strategic approach to crisis management in the tourism industry // Tourism Management. — 2004. — Vol. 25, No. 6. — P. 669–683.

6. Кусков А.С., Сирик Н.В. Оказание туристских услуг: гражданско-правовое регулирование. — М.: Юстицинформ, 2013.

7. Taniyev A. Milliy turizm xizmatlari bozorida iqtisodiy resurslardan samarali foydalanish: nazariya va amaliyot: monografiya. — T.: «Innovatsion ziyo nashriyoti», 2025. — 192 b.

8. Amonboyev M., Abidova D.I., Jurayeva N.A. Turizm iqtisodiyoti va menejmenti: o‘quv qo‘llanma. — T.: Iqtisodiyot, 2019. — 226 b.

9. Сафаров Б.Ш. Миллий туризм хизматлар бозорини инновацион ривожлантиришнинг методологик асослари: монография. — Т.: Фан ва технология, 2016. — 148 б.

10. United Nations, Eurostat, OECD, UNWTO. Tourism Satellite Account: Recommended Methodological Framework 2008. — Studies in Methods, Series F, No. 80/Rev.1. — Luxembourg, Madrid, New York, Paris, 2010.

Yuklab olishlar

Nashr etilgan

2026-10-10

Iqtibos keltirish

Taniyev, A. B. (2026). TURIZMNING IQTISODIY MOHIYATI: NAZARIY YONDASHUVLAR TAHLILI. O’zbekiston sug’urta Bozori, 3(6), 253–256. https://doi.org/10.5281/zenodo.23417093

DOI

Sahifalar

253-256

Iqtibos

Google Scholarda ochish
Son 3 № 6 (2026): O‘zbekiston sug‘urta bozori (sentyabr–oktyabr)