RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA MINTAQADA XIZMATLAR SEKTORINI MODERNIZATSIYA QILISHNING INVESTITSION VA INNOVATSION MEXANIZMLARI HAMDA ULARNING IQTISODIY RIVOJLANISHGA TA’SIRI
DOI:
https://doi.org/10.5281/zenodo.23055058Annotatsiya
Ushbu maqolada raqamli transformatsiya sharoitida mintaqada xizmat ko‘rsatish sohasini modernizatsiya qilishning investitsion va innovatsion mexanizmlari hamda ularning hududiy iqtisodiy rivojlanishga ta’siri tahlil qilinadi. Maqolada xizmatlar sektorining YaIMdagi ulushi, xizmatlar hajmining o‘sish sur’atlari, raqamli texnologiyalar va moliyaviy texnologiyalarning rivojlanish tendensiyalari so‘nggi yillardagi statistik ma’lumotlar asosida o‘rganilgan. Shuningdek, xizmatlar sohasiga yo‘naltirilayotgan investitsiyalar, innovatsion loyihalarni moliyalashtirish, raqamli platformalar, elektron to‘lov tizimlari va FinTech yechimlarining xizmatlar samaradorligiga ta’siri baholangan. Tadqiqot davomida statistik tahlil, taqqoslama tahlil, dinamik qatorlar va iqtisodiy ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqlash usullaridan foydalanilgan. Natijalar raqamli texnologiyalarni xizmatlar sektoriga keng joriy etish, investitsion faollikni oshirish va innovatsion infratuzilmani rivojlantirish hududlarda xizmatlar sifatini yaxshilash, mehnat unumdorligini oshirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirishga xizmat qilishini ko‘rsatadi. Maqolada mintaqada xizmatlar sektorini modernizatsiya qilish uchun investitsiyalarni raqamli infratuzilmaga yo‘naltirish, xususiy sektor va davlat o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish hamda innovatsion moliyalashtirish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqilgan.Kalit soʻzlar
raqamli transformatsiya, xizmatlar sohasi, xizmatlar sektori, modernizatsiya, investitsiya mexanizmlari, innovatsion rivojlanish, raqamli iqtisodiyot, moliyaviy texnologiyalar, FinTech, raqamli infratuzilma, hududiy iqtisodiy rivojlanish, investitsion faollik.Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati
Schwab, K. (2017). The Fourth Industrial Revolution. Cur ency.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentabrdagi “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-158-son Farmoni.
O‘zbekiston Respublikasi Mil iy statistika qo‘mitasi. (2026). O‘zbekiston Respublikasida xizmatlar sohasining asosiy k‘orsatkichlari: 2025-yil yanvar-dekabr. Toshkent.
Maxammadaliyeva, M. (2025). Raqamli xizmatlar bozori: elektron tijorat orqali xizmat ko‘rsatishning yangi bosqichlari. GreenE conomy and Development, 3(4). DOI: 10.5281/zenodo.15272997.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi. (2024). “O‘zbekiston Respublikasida elektron tijorat sohasini yanada rivojlantirish cho-rta dbirlari to‘g‘risida”gi 885-son qarori.
Xorazm viloyati statistika boshqarmasi. (2026). Xorazm viloyatida xizmatlar sohasining saosiy ko‘rsatkichlari: 2025-yil yanvar-dekabr. Urganch.
World Bank. (2024). Digital Progress and Trends Report 2023. Washington, DC: World Bank .
OECD. (2024). OECD Digital Economy Outlook 2024, Volume 1: Embracing the Technology Frontier. Paris: OCED Publishing.
UNCTAD. (2024). Digital Economy Report 2024. Geneva: United Nations Conference on Trade and Developmen t. 1 Muallif ishlanmasi
Yuklab olishlar
Nashr etilgan
Iqtibos keltirish
Son
Boʻlim
Litsenziya
Copyright (c) 2026 Mahfuza Dilshodbekovna Sattarova

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.
